O'zbekiston Respublikasi
Mustaqilligining
25 yilligi

 

Mamlakatimizning mustaqilligining 25-yiligi arafasida “Beeline” O’zbekistonning mustaqil rivojlanish

davrida erishgan yutuqlarini, eng yodda qoladigan lahzalarini sizga eslatib o’tishni,

hamda ushbu muhim sanani siz bilan nishonlamoqchi.

 

Do'stlarga xabar qil

1991 1992 1993 1994 1995 1996 1997 1998 1999 2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016

1991

31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi va Suverniteti e’lon qilindi.

18 noyabrda O‘zbekiston Davlat bayrog‘i tasdiqlandi.

29 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi to‘g‘risida referendum o‘tkazildi. Aholining 98,8% “HA” javobiga ovoz berdi – mustaqillik xalq tomonidan maqullandi. Shu kunning o‘zida umum xalq Prezidentlik saylovlari o’tkazildi va saylovda Islom Abdug’aniyevich Karimov g‘alaba qozondi. Bir necha yil davomida O‘zbekiston mustaqilligini dunyoning aksariyat mamlakatlari tan oldi.

Bizning ozod va mustaqil yo‘limiz shunday boshlandi.

(Рус)

1992

2 mart kuni BMTning Bosh Assambleyasining yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tuzildi.
2 iyul kuni O‘zbekiston davlat gerbi tasdiqlandi.

Avgust oyida ilk bor mobil aloqadan foydalanilgan holda qo‘ng‘iroq amalga oshirildi va tijorat mobil aloqa tarmog‘i ochildi. “O’zbektelekom” telekommunikatsiya davlat korxonalari guruhi tashkil etildi. Bu mamlakatimizda telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarining rivojlanishining boshlanishi bo‘ldi.

Asaka shahrida avtomobil zavodi qurilishi to‘g‘risida tarixiy shartnoma imzolandi.

“O‘zbekiston Havo Yo‘llari” MAK va Milliy Olimpiya Qo‘mitasi tashkil etildi.

Futbol bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

8 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

1993

O‘zbekiston YUNESKO a‘zosiga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro pochtamti tashkil etildi.

Kuzda Toshkentdagi Kinochilar Uyida G‘arbiy va Sharqiy Yevropa, MDH va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari ishtirokida “Kompyuter — Markaziy Osiyo-93” Xalqaro Kompyuter ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

31 avgustda markaziy hiyobonga o’zbek davlatchiligi asoschilaridan biri, buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temurning bronzadan yasalgan otliq haykal o’rnatildi.

 

1994

Lina Cheryazova Lillexammerda (Novegiya) o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarining fristayl yo‘nalishida O‘zbekistoning birinchi olimpiya chempioniga aylandi.

Mirzo Ulug‘bek tavaludining 600-yillik yubiley tadbirlari Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazildi.

1994 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari 224 kishini tashkil etdi.

Qishki Olimpiya o‘yinlari tarixida birinchi bor mustaqil O‘zbekiston davlat madhiyasi yangradi.

Toshkent shahrida mart oyida birinchi yangi texnika va ilg‘or texnologiya ko‘rgazmasi “Innovatsiya-94” bo‘lib o‘tdi.

1 avgustdan boshlab O‘zbekistoning rasmiy milliy pul birligi so‘m kuchga kirdi.

O‘zbekiston futbol milliy terma jamoasi Xirosimada (Yaponiyada) o‘tgan XII Osiyo O‘yinlarida g‘alaba qozondi.

(Рус)

 

1995

Mart oyida Toshkent-Nyu-York yo‘nalishida “O‘zbekiston Xavo Yo‘llari” aviakompaniyasining birinchi xalqaro parvozi amalga oshirildi.

Aprel oyida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi kongressida O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi XOQning to‘laqonli a’zosi etib qabul qilindi.

Shu yili 800NMT-450 standartidan AMPS/DAMPS standartiga o‘tildi.

Toshkentda Olmoniyaning “Alkatel” kompaniyasi ishtirokida o‘rnatilgan 5000 raqamga mo‘ljallanag O‘zbekistondagi birinchi elektron raqamli ATS ishga tushirildi. Bu voqeani Buzton qo‘shma korxonasining tashkil etilish sanasi deb hisoblash mumkin.

.

(Рус)

1996

Aprel oyida professional boks tarixida ilk bor O‘zbekiston vakili Artur Grigoryan jahon chempioni bo‘ldi.

1996 yil —Unitel kompaniyasi tashkil etilgan yil.
Yanvar oyida Toshkentda YUNESKO homiyligida quyosh, suv va shamol energiyasidan inson manfaatlari yo‘lida foydalanish muammolariga bag‘ishlangan mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.

19 iyul kuni Asaka shahrida “UzDaewooAuto” O‘zbek-Korea qo‘shma korxonasining xalqaro taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Korxona birinchi yili jami 25 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqardi.

1 sentabr kuni Olimpiya Shon Shuxrati muzeyi ochildi.

18 oktabr kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi.

Samarqand va Shaxrisabz shaharlari taqdirlangan “Amir Temur” ordeni ta’sis etildi.

(Рус)

1997

YUNESKO homiyligida sharqning eng qadimiy shaharlaridan biri — Buxoroning 2500 yilligi nishonlandi.

Yandavr oyida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tashkil etildi.

Trans-Osiyo-Yevropa optika tolali aloqa tamog‘i ishga tushirildi. Tarmog‘ 27 ming km uzunlikka ega bo‘lib, 18 mamlakatdan o‘tgan va Frankfurt-na-Maynni shahrini Shanxay bilan bog‘ladi. O‘zbekiston hududida uning uzunligi 950km tashkil etadi.

Toshkentda suzish mavsumining boshlanishiga mamlakatdagi birinchi akva bog‘ — “Toshkent Akva Bog‘i” sog‘lomlashtirish va ko‘ngil ochish kompleksi ishga tushirildi.

25 sentabrda “Daewoo Unitel” kompaniyasi o‘zining tijorat faoliyatini boshladi.

Samarqandda Xalqaro “Sharq taronalari” festivali bo‘lib o‘tdi.

1998

O‘zbekistonlik sportchilar XIII Osiyo O‘yinlarida 8 o‘rinni egallashdi. Ular 7 ta oltin, 23 ta kumush va 10 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda mobil aloqa foydalanuvchilari soni 21 555 kishiga yetdi.

Mart oyida Budapesht shahrida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda O‘zbekistonlik olimlar va muxandislarning bir qator ishlanmalari “Daho-98” medallari bilan taqdirlandi.

LUKOIL kompaniyasi O‘zbekistonda yirik investitsion (sarmoyaviy) loyihalarini amalga oshirishni boshladi.

Respublika Nogironlar sporti assosiyasiyasi tashkil etildi.

Samarqand shahrida Imom Al Buxoriy memorial majmuasi qurildi.

(Рус)

1999

Toshkentda dunyoning 48 mamlakatidan ishtirkchilar qatnashgan birinchi kurash bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda Ikkinchi Jahon urushida Vatan uchun janglarda halok bo‘lgan 400 ming yurtoshlarimiz ismi kiritilgan “Xotira maydoni” masjmuasi qurildi.

Martda Samarqand shahrida “SamKochavto” qo‘shma korxonasi ish boshladi. Bugungi kunda “SamAvto” MCHJ Isuzu shassisi asosida avtobuslar va kichik tonnali yuk mashinalarining (4 dan 7 tonnagacha) turli modifikatsiyalarini ishlab chiqarmoqda.

Mayda “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Toshkent-Nagoya parvozi bilan mamlakatimiz va Yaponiya o‘rtasida muntazam charter parvozlarini yo‘lga qo‘ydi.

Xozirgi kunda milliy aviakompaniya Toshkent-Tokio yo’nalishida haftasiga bir bora to’g’ridan-to’g’ri parvozni muntazam amalga oshirib kelmoqda va Markaziy Osiyoda Yaponiyaga parvoz uyushtiradigan yagona kompaniyadir.

(Рус)

2000

Prezident Islom Karimovning BMTning mingyillik rivojlanish sammitida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Forumda ilk bor 185 mamlakat va hukumat rahbarlari ishtirok etganligi bilan tarixda qoldi.

Dunyoda mobil aloqadan foydalanuvchilar soni 1 mlrd kishiga yetdi.

“Toshkent – O‘sh” avtomobil yo‘lida Qamchiq va Rezak dovonlarida yer osti tunellari ochildi.

Andijonlik bokschi Muhammadqodir Abdullayev Sidneyda O‘zbekistonning Yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi birinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Gannover (Germaniya) shahrida o‘tgan “EXPO-2000” butun jahon ko‘rgazmasida ilk bor ishtirok etdi.

Toshkentda YUNESKO tomonidan o‘tkazilgan dinlararo muloqot bo‘yicha xalqaro kongress bo‘lib o‘tdi.

(Рус)

2001

O‘zbekistonda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashkil etildi.

Samarqand madaniyatlar chorrahasi shahri sifatida YUNESKO tomonidan Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Avgust oyida Asakada joylashgan “UzDaewooAuto” zavodida yangi “Matiz” rusumidagi avtomobilning taqdimoti bo‘lib o‘tdi va uning ommaviy ishlab chiqarilishi boshlandi.

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua mahsulotlari Yevropa, Osiyo va MDH mamlakatlariga eksport qilinmoqda.

(Рус)

2002

Oktabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Kofi Annan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu BMT rahbarining O‘zbekistonga va umuman Markaziy Osiyo davlatlariga birinchi tashrifi bo‘ldi.

Yanvar oyida Toshkent shahrida “University of Westminster” (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda ingliz tilida dars beriladigan Xalqaro Vestminister universiteti ochildi.

O‘zbekiston Yaponiya bilan do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bayonotga imzoladi.

Markaziy Osiyoning eng katta aviatsion korxonasi “Toshkent” xalqaro aeroportining qayta qurish ishlari yakunlandi.

(Рус)

2003

Sentabr oyida O‘zbekiston Islom Taraqqiyot Bankining (ITB) to‘laqonli a’zosiga aylandi.

O‘zbekiston va ITB o‘rtasidagi hamkorlik 1991 yil bank tomonidan Buxoro sharidagi “Mir Arab” madrasasi, Samarqanddagi “Imom Al Buxoriy” majmuasining “Dar Al Hadis” madrasasi tiklash ishlari uchun grantlar ajratilishini tasdiqlaganidan boshlangan edi.

Avgust oyida Asakadagi avtomobil zavodida yangi “Lacetti” rusumli avtomobil taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Termiz shahridan 30 km uzoqlikda, olimlar tomonidan afsonaviy Oksdagi (Amudaryo) Aleksandriya deb hisoblanadigan qadimiy Kampirtepa shahri qoldiqlarida qadimiy kitoblar va qo‘lyozmalar to‘plami topildi.

(Рус)

2004

Iyul oyida Tripolida o‘tgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida Rustam Qosimjonov 17-jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Afinada o‘tgan Olimpiya o‘yinlari ham O‘zbekiston uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi. Afinada ikkita oltin, bitta kumush hamda ikkita bronza medallarini qo‘lga kirildi. Oltin medallarni Artur Taymazov (erkin kurash) va Aleksandr Doktorishvili (yunon-rum kurashi) keltirishdi. Kumush medalni esa Magamed Ibragimov (erkin kurash) qo‘lga kiritdi. Bronza medallarini jamoaga bokschilar Bahodir Sultonov va O‘tkirbek Haydarov keltirishdi.

Sentabr oyida O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi ta‘sis etildi.

(Рус)

2005

Asaka shahridagi avtomobil zavodi konveyerida 500-minginchi avtomobil ishlab chiqarildi.

Toshkent shahrida Respublika Kinochilar uyida joylashgan Kino San’ati muzeyi ochildi.

Mamlakatda mobil aloqa abonentlari soni 1 millionga yetdi. 1995 yili O‘zbekistonda abonentlar soni 823 kishini tashkil etar edi. O‘n yil ichida esa, bozorga yangi kompaniyalar kelishi bilan mobil aloqa hashamatdan kundalik ehtiyojga aylandi va biznes yuritish uslubini, hamda hayot tarzini o‘zgartirdi.

(Рус)

2006

O‘zbekiston Respublikasi tiklanishva tarraqiyot jamg‘armasi tashkil etildi.

Yil boshida “VimpelCom” OAJ O‘zbekistondagi ikkinchi eng yirik mobil aloqa operatori “UNITEL” MCHJni sotib olish bo‘yicha bitimni yakunladi.

Unitel Rossiya va MDH mamlakatlarida eng yirik mobil aloqa operatoridan biri bo‘lgan “VimpelCom” kompaniyalar guruhi tarkibiga kirdi.

12 sentabr kuni “Unitel” O‘zbekistonda rasmiy tarzda “Beeline” savdo belgisi ostida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsata boshladi.

O‘zbekistonda jurnalistlar o‘rtasida “Oltin Qalam” xalqaro tanlovi o‘tkazildi.

(Рус)

2007

Kuzda Chikago shahrida o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatida 21 yoshli Abbos Atoyev 81 kilogramgacha bo‘lgan vaznda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yanvar oyida Samarqand Avtomobil zavodi konveyerida birinchi ISUZU avtobusi ishlab chiqarildi.

13 fevral kuni “Beeline”ning O‘zbekistondagi tarmog‘iga 1 millioningchi abonenti ulandi.

Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) ochildi.

25 avgustda Samarqand shahrining 2750 yilligiga va “Sharq taronalari” oltinchi Xalqaro musiqa festivalining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahri Islom madaniyati poytahti deb e‘lon qilindi.

(Рус)

2008

“Shashmaqom” musiqa janri YUNESKO tomonidan insoniyat madaniy merosi deb tan olindi.

27 noyabr kuni “GM O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi o‘zining millioningchi avtomobilini ishlab chiqardi.

Dekabr boshida “Unitel” kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi bo‘lib “3G” tarmog‘ini tijorat foydalanishga topshirganini e’lon qildi.

“Buzton” qo‘shma korxonasi “VimpelCom” kompaniyalar guruhi tarkibiga kirdi.

(Рус)

2009

2009 yilning iyun oyida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining raisligi O‘zbekiston Respublikasiga o‘tdi.

Buzton” qo‘shma korxonasi “Beeline” savdo belgisi ostida simli keng polosali Internet va Telefoniya xizmatlarini ko‘rsata boshladi. Uchquduq va Zarafshon shaharlari butunlay Beeline FTTB (xonadonga qadar tolali) optik tolali tarmoq bilan qoplandi va O‘zbekistondagi eng katta umumshahar lokal (mahalliy) tarmog‘i tashkil etildi.

Avgust oyida Samarqand shahrida 15 dan 41 tonnagacha yuk ko’tarish imkoniyatiga ega yuk tortuvchi, samosvallar va maxsus texnika kabi keng modelli yuk tashuvchi texnika ishlab chiqaruvchi O‘zbek-Nemis “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

1 sentabr kuni Toshkent o‘zining 2200 yillik yubileyini nishonladi. Bayram tantanalari markazi bir necha kun oldin ochilgan “O‘zbekiston” Xalqaro Forumlar Saroyi bo‘ldi.

(Рус)

2010

Butun dunyo O‘zbekistonlik futbol hakami Ravshan Irmatovning ismini eshitdi. U JARda o‘tgan Jahon chempionatida 5 o‘yinda hakamlik qildi. So‘ngra u dunyoning eng yaxshi hakami toifasida “Global Soccer Awards” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Madanaq rasadxonasi astranomlari yangi kichik planetani kashf etdilar. Kichik planetalarning xalqaro katalogida bu planeta 210271 raqami ostida ro‘yxatga olindi. Yosh olimlar nom berish huquqidan foydalangan holda uni “Samarqand” deb atashdi.

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun ilk bor O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

2010 yilda Beeline kompaniysi ikki yil oldin birinchi bo’lib ishga tushirgan tijorat “3G” tarmog’i bilan mamlakatning barcha yirik shaharlarini qoplash ishlarini yakunladi.

2010 yil oxirida O‘zbekistonda 22,66 mln mobil aloqa abonenti ro‘yxatga olingan edi.

(Рус)

2011

O‘zbekiston “Save the Children” (“Bolalarni asraylik”) xalqaro tashkilotinig bolalar salomatligiga yaxshi g‘amho‘rlik qilivchi o‘n yetakchi mamlakatlfr reytingidan o’rin oldi. O‘zbekiston ushbu reytingda 9 o‘rindan joy oldi.

Iyul oxirida, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poezdininig birinchisi Toshkentga keltirildi. 26 avgust kuni poezd o‘zinig ilk qatnovini amalga oshirdi, uning tezligi 253 km / soat yetdi va u Toshkent va Samarqand o’rtasidagi 344 km masofani 120 daqiqa bosib o‘tdi. Oktyabr oyida Toshkent va Samarqand o‘rtasida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektr poezdning muntaz qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Buxoro xalqaro aeroportida yo‘lovchilar uchun yangi terminal foydalanishga topshirildi.

Toshkentda GM rusumli yengil avtomobillar uchun, xususan Chevrolet Spark avtomobiliga o‘rnatiladigan Ecotec 1.2L и 1.5L dvigatellarini ishlab chiqaruvchi “GM Powertrain – Uzbekistan” zavodi ishga tushirildi.

(Рус)

2012

28 sentabrida O‘zbek Futbolining 100 yilligiga “Bunyodkor” sport kompleksi ochildi.

8 fevralda “Beeline” aloqa operatori “Huawei Technologies Co., LTD” yechimlari negizida, LTE texnologiyasi asosida to‘rtinchi avlod tarmog‘ini ishga tushirilishi haqida e’lon qildi.

O‘zbekistonda “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi negizida, OTB qo‘llab quvvatlashi yordamida, quyosh energetikasi sohasida loyihalar yaratishga ma‘sul “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” tashkil etildi.

24 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o’tgan XXX yozgi Olimpiya o‘yinlarida medallarni qo‘lga kiritgan sportchilarimiz va ularning ustoz-murabbiylarini qabul qildi.

O‘zbekiston o‘smirlar futbol terma jamoasi (16 yoshgacha) Osiyo Chempionati g‘olibiga aylandi.

(Рус)

2013

5 dekabrda O‘zbekiston, “Maplecroft” izlanishlariga ko‘ra, dunyoning investitsiya kiritish jihatidan jozibador 20 davlat qatoridan joy oldi.

Beeline abonentlari soni 10 milliondan ortdi va O‘zbekiston mobil aloqasi tarixida birinchi bor respublika aholisining 1/3 qamrab olindi.

1 iyulda real vaqt tartibida davlat idoralari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning umumiy nuqtasi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal ishga tushirildi

Mart oyida “Jizzax” maxsus industrial zonasi yaratildi. “Jizzax” MIZ – O‘zbekistonda O‘zbek-Xitoy sanoat parkini barpo etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumining amaliy bajarilish yo‘lidagi amaliy qadam bo‘ldi.

(Рус)

2014

1 oktabrda Toshkentda, Anhor bo‘yida o‘z ichiga 2400 kishini sig‘diradigan “Minor” masjidi ochildi.

4 sentabr kuni “Beeline” O‘zbekistonda birinchi bo‘lib LTE (Long Term Evolution) protokolida ishlovchi to‘rtinchi avlod mobil tarmog‘ini tijorat foydalanishiga topshirdi.

Yunonistonning Kavala shahrida o‘tgan tezkor va blitz shaxmat bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida aka-uka Islombek va Javohir Sindorovlar ikkitadan oltin medallarni qo‘lga kiritib jahon chempionlari bo‘lishdi.

AKT va muhandislik sohasida mutaxassislar tayyorlovchi yetakchi ta‘lim muassaslaridan biri Toshkent shahridagi Inha Universiteti tashkil etildi.

(Рус)

2015

O‘zbekiston “Butunjahon Baxt indeksida” MDH mamlakatlari o‘rtasida birinchi va 158 davlat o‘rtasida esa 44 o‘rinni egalladi.

Oktabr oyida Toshkentda shahar sport turlari bo‘yicha an‘anaviy “Urbania 2015” festivali bo‘lib o‘tdi.

Noyabr oyida Toskhentda O‘zbekiston va mintaqada birinchi bo‘lgan transport, ilm va texnika rivojlanishi, buyuk olimlar ixtirolariga bag‘ishlangan Politexnika muzeyi ish boshladi.

Toshkent shahrida Xalqaro investitsiyaviy forum bo’lib o‘tdi. Forum yakunlariga ko‘ra tomonlar umumiy narxi $11,7 mlrd. ga teng investisiyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

2016

Iyun oyida Toshkent shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti a‘zo mamlakatlari rahbarlarining 16chi kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston poytahtida SHHT kengashi yig‘ilishi arafasida shahar ko‘rinishini yanada yaxshilash uchun katta miqyosdagi qurilish ishlari bajarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi.

O‘zbekiston poytahtida SHHT kengashi yig‘ilishi arafasida shahar ko‘rinishini yanada yaxshilash uchun katta miqyosdagi qurilish ishlari bajarildi.

SHHT kengashi yig‘ilishi arafasida Toshkent shahrida besh yulduzli “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi ochildi.
Angren-Pop elektirlashtirilgan temir yo‘li va Qamchiq tunelining ochilishiga bag‘islahngan marosim o‘tkazildi.

2016 yilda “Unitel” kompaniyasu ochilganligining 20 yilligi va “Beeline” savdo belgisi ostida ishlayotganligining 10 yilligini nishonlaydi. 2006 yildan buyon “VimpelCom” O‘zbekistonga $1 milliard sarmoya kiritdi, hamda $950 milliondan ortiq soliqlarni to‘ladi, bu uni mamlakatning eng yirik soliq to‘lovchilaridan biriga aylantiradi.

O‘zbekiston – “Beeline” savdo belgisi ostida mamalakatimizda 2G, 3G va 4G / LTE aloqa xizmatlari, shuningdek 9,9 million abonentlarga raqamli-xizmatlarni ko‘rsatuvchi “VimpelCom” kompaniyasi uchun asosiy bozorlardan biridir.

“VimpelCom Ltd” O‘zbekistondagi sho‘ba korxonasining asosiy litsenziyasi keying 15 yilga -2031 yilga qadar – cho‘zilganligini e’lon qildi.

XXXI yakunlarga ko’ra Rio-de-Janeyroda o’tgan yozgi olimpiada o’yinlarida O’zbekistonlik atletlar 4ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medallar sohibi bo’lishdi. Ushbu natija barcha kontinentlardagi 207 ta mamlakatlar ichida O’zbekistonni 21- o’ringa olib chiqdi va sportchilarimizning qatnashgan oltita Olimpiada o’yinlar ichida eng yaxshi natijasi etib qayd qilindi.

Boks bo’yicha final jangda Hasanboy Do’stmatov kolumbiyalik bokschi Yuberxen Martines Rivas ustidan g’alaba qozonib O’zbekistonga birinchi “oltin” medalni olib keldi. O’zbek boks tarixidagi olimpiada o’yinlarida Do’stmatov ikkinchi “oltin”medal sovrindoriga aylandi ( Birinchi esa Muxammadqodir Abdullaev 2000 yil). Og’ir atletika bo’yicha bahslarda qatnashgan Ruslan Nuriddinov olimpiya o’yinlaridagi siltab ko’tarish bo’yicha rekordni yangilab O’zbekistonning Rio o’yinlaridagi ikkinchi “oltin” medal sohibiga aylandi. Bokschi Shaxobiddin Zoirov 52 kg vazn toifasidagi final jangida rossiyalik Mixail Aloyan ustidan g’alaba qozonib uchinchi “oltin” medalni qo’lga kiritdi. O’zbekistonga to’rtinchi “oltin” medalni olib kelgan bokschimiz Fazliddin G’oibnazarov, 64 kg vazn toifasida ozerbayjonlik Kollazo Sotomayor bilan kurashib g’alabaga erishdi.

Uchta “oltin”, ikkita “kumush” va ikkita “bronza” medallarni qo’lga kiritgan bokschilarimiz olimpiya musobaqasida bokschilar orasidagi reyting natijalar bo’yicha O’zbekistonni birinchi o’ringa ko’tarishdi.